O‘qituvchilar uchun ilg‘or qo‘llanmalar

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 71-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida boshlang‘ich sinf o'qituvchilari uchun  7 nomdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ularning multimediali ilovalari yangidan yaratilib, joylarga yetkazildi. 

 Mazkur o‘quv-metodik qo'llanmalar boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatini yaxshilash yo‘lida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texn

yalarini boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari faoliyatiga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qo‘llanmalardagi multimedia ishlanmalari esa o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnologiyalardan foydalanish imkonini beradi. ologi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilda Davlat dasturi doirasida boshlang‘ich ta'limda o‘qitish sifatini yaxshilash maqsadida 2014-2017 yillarga mo'ljallangan reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra vazirlik mutaxassislari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi. 
Ushbu guruhlar tomonidan 1-sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomda ("Savodga o‘rgatish” (Alifbe), "Ona tili”, "O‘qish”, "Matematika”, "Atrofimizdagi olam”, "Russkiy yazik" ("Русский язык”), "Kniga dlya chteniya" ("Книга для чтения”) fanlaridan) jami 410 000 nusxa ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ularga multimedia ilovalar yangidan yaratilib, nashr etildi va joylarga yetkazib berildi. 
Boshlang‘ich sinf o'qituvchisi Davlat ta'lim standarti bo‘yicha bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o'z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish ko‘nikmalarini egallashlariga erishishi lozim. 
Mazkur o‘quv-metodik qo'llanmalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga dars jarayonida o‘quvchilarning bir qolipga tushib qolmasligi uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bilan birga, multimediali ishlanmalardan samarali foydalangan holda o‘qitishning o'yinli shakllari va mediatexnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Ushbu materiallardan yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash jarayonida keng foydalanish nazarda tutilgan. Bu jarayon 1-sinf o‘quvchilarining ta'lim olish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Darslikning multimediali ilovasida videolavhalar berilgan bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy tafakkur va tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, dars davomida o‘quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasliklari uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etilgan. 
O'qish darslari uchun taqdim etilgan bunday didaktik o‘yin va boshqotirmalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. 
O‘quv-metodik qo'llanmalar va multimediali ilovalarning elektron shakli vazirlik portaliga joylashtirilgan bo‘lib, uni istagan foydalanuvchi yuklab olishi va foydalanishi mumkin. 
Ma'lumot uchun bugungi kunda Xalq ta'limi vazirligi tasarrufida 9739 ta umumta'lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda 390 105 nafar pedagoglar, shundan 112 529 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatishmoqda. 

Manba : Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati


  • Автор: admin
  • 1-04-2017, 22:32
  • Посмотрели: 459

Поделиться новостью